• Red Button

    Red Button - bu biznes va jamiyat uchun yangi, hamyonbop va samarali yechimlar va imkoniyatlarni yaratadigan va amalga oshiradigan kompaniya.

Red Button kompaniyasi sizning biznesingiz uchun nimasi bilan foydali?

Red Button kompaniyasi turli sohalar va tarmoqlardagi kompaniyalarga yuqori rentabellik bilan ishlashga, o’zgarishlarga doimiy ravishda moslashishga va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish orqali barqaror rivojlanish tamoyillariga rioya qilgan holda o’sishga yordam beradi.

Nima uchun Red Button?

  • vaqt va resurslarni tejash, mehnat sarfini kamaytirish va mutaxassislar qo’llab-quvvatlashi bilan yanada samarali ishlash;
  • turli xil mutaxassisliklar bo’yicha sertifikatlangan maslahatchilar va muhandislar, shuningdek, o’zlarining texnik sohalarini chuqur tushunadigan dastur menejerlari;
  • loyihalarni xatosiz va aniq o’z vaqtida amalga oshirish kafolati.

Visa biznes-kartalari egalari uchun Red Buttondan maxsus taklif

Visa biznes-kartasi bilan Red Button kompaniyasi xizmatlari: 1C, Bitriks, IT autsorsing, Servio Software, IP telefoniya va boshqalarga asoslangan mahsulotlarni sozlash, joriy etish, texnik qo’llab-quvvatlash, ishlab chiqish va takomillashtirish (dasturiy ta’minotni litsenziyalashdan tashqari) uchun 5% chegirmaga ega bo’ling.

Taklifdan qanday foydalanish kerak?

  1. Siz uchun qulay bo’lgan messenjerda (Viber/Telegram) Visa Concierge chat-boti orqali promokodni oling. Havola orqali chat-botga o’ting va Visa for Business tugmasini bosing.
  2. Xizmatlarga buyurtma berishda olingan promokodni Red Button kompaniyasi menejeriga ayting.
  3. Visa Business, Visa Platinum Business yoki Visa Signature Business kartangiz bilan xizmatlar uchun to’lov qiling.

Taklif 2022-yil 07-oktyabr, soat 00:00 GMT dan, 2025-yil 31-dekabr, 23:59 GMT gacha amal qiladi.

Shartlar va qoidalar

Taklif boshqa takliflar bilan umumlashtirilmaydi va aksiya takliflariga taalluqli emas.

"Kichik biznesni qo’llab-quvvatlash platformasi" Dasturidan foydalanish uchun, iltimos, Visa biznes-kartasi (Visa Business, Visa Platinum Business, Visa Signature Business) egasi sifatida identifikatsiya qiling va to’lov uchun ushbu kartadan foydalaning.

Maxsus taklif amaldagi qonunchilikka binoan taqiq yoki cheklov ostida bo’lgan hollarda amal qilmaydi. Barcha soliqlar va yig’imlar Visa biznes-kartalari (Visa Business, Visa Platinum Business, Visa Signature Business) ishtirokchi-egalari tomonidan mustaqil ravishda hisoblablanadi va to’lanadi. Ushbu maxsus taklif Hamkor tomonidan uning xohishiga ko’ra va belgilangan tartibda taqdim etiladi.

Xizmatlarning aniq ro’yxati va ularni taqdim etish muddatlari, shuningdek xizmatni taqdim etishning boshqa shartlari Visa biznes-kartasi egasi (Visa Business, Visa Platinum Business, Visa Signature Business) tomonidan Hamkor bilan mustaqil ravishda kelishib olinadi.

Xizmatning yakuniy narxini Hamkor bilan bog’lanish orqali aniqlashtirish mumkin.

Dastur Tashkilotchisi istalgan vaqtda oldindan ogohlantirmasdan maxsus takliflardan birini yoki barchasini o’zgartirish yoki bekor qilish huquqini o’zida saqlab qoladi.

Takliflar bo‘yicha savollar bormi? VisaConcierge chat-botimiz yordamga keladi!

VisaConcierge chat-botiga o‘ting, bosh menyuda Support360 tugmasini tanlang va to‘liq ma’lumotga ega bo‘ling.